Mavzuning dolzarbligi. Ko`p asrlik tarixga ega madaniy va adabiy merosimizga munosabat istiqlol tufayli tubdan o`zgardi. Xalqimiz tarixi, dini va adabiyoti, ma’naviy qadriyatlariga e’tibor kuchayib, ularning mavqeini tiklash, xalqqa asl holida yetkazish imkoniyati paydo bo`ldi. Bu esa boshqa sohalar qatori adabiyotshunoslikda ham teran ilmiy izlanishlar olib borish, adabiy merosga yangicha yondashish zaruratini kun tartibiga qo`ydi. O`tmishda yashab ijod qilgan shoir va adiblar merosini xolisona o`rganish va munosib baholash har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylandi.