Rishton kulolchilik san`ati o`zbek xalq amaliy san`atning ajralmas bir qismi bo`lib, o`zining avloddan-avlodga o`tib kelayotgan qadimiy uslub va milliy an`analarini saqlabgina qolmasdan unga zamonaviylik bag’sh etgani bilan ham unga qiziqish katta hisoblanadi.
Bundan tashqari o`zbek turizmini rivojlantirishda, jumladan, Farg’ona vodiysiga xorijlik sayyoxlarni jalb etishda Rishton kulolchilik san`atining o`ziga xosligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu kulolchilik san`atining o`ziga xosligi, uning etakchi vakillari, ishlash texnologiyasi to`liq o`rganish maqsad qilib olindi.
Rishton kulolchilik san`ati va uning paydo bo`lishi tarixi, asarlardan asrlarga o`tib kelayotgan an`anaviy ustoz-shogird maktabi, mashxur usta-kulollarning tajribalari va ularni bugungi kundagi ahamiyati, zamonaviy maktab yaratgan mashxur usta-kullollar va kulolchilik san`atini Rishtonda rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta`sir etgan tarixiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar bo`lib, ilk paydo bo`lgan vaqtdan to hozirga qadar bo`lgan jarayonni o`zida aks ettirgan davlat xujjatlari, gazeta, jurnal materiallari tadqiqot predmeti bo`lib xizmat qiladi.