Milliy g`ururimizni o`z holiga keltirish va rivojlantirishda xalqimizning ko`p asrlik an’analari, madaniyati, urf-odatlari, milliy bayramlari, boy qadimiy merosi muhim ahamiyatga ega. Madaniy-ma’naviy merosimiz, asriy an’analarimiz avlod-ajdodlarimizdan bizlarga etib kelgan, bugungi hayotimiz uchun xizmat qilayotgan eng katta ma’naviy boylik, buyuk xazinadir.