Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko`p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayaneh funksiyasi tufayli odam o`z qomatini to`g`ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o`taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog`i iehida, orqa miya umurtqa pog`onasi¬ning kanalida; o`pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko`krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta`siridan himoyalangan. Suyaklarning ko`mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab ehiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to`planadigan joyi) bo`lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil topgan bo`lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (1-rasm). Suyaklar 4 xii shaklda bo`ladi. Naysimon suyaklar - bular o`z navbatida ikki xiI bo`ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo`l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G`ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g`ovaksimon (qovurg`a, to`sh, o`mrov), kalta g`ovaksimon (umurtqa, qo`l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo`ladi. Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. G`alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag`, peshona, bosh suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g`alvirsimon suyaklar.