Nomerlash va arifmetik amallarga doirmaterial konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta konsentr ko’zda tutiladi. O’nlik. Ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, va ko’p xonali sonlar. Har bir konsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlae, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur qiladilar. Har gal yangi sonlarni material asosida nomerlashni va amallarni bajarishda qayta- qayta murojaat qilish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuquqrlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustaxkam o’quv va