Xorijiy Osiyo makromintaqasining maydoni – 27,6 mln km2. Aholisi-3,4 mlrd kishi. Xorijiy Osiyoga (MDH mamlakatlariga nisbatan) Yevrosiyo materigining janubi qismi, janub, sharq va janubi-sharqdagi orollar (Andaman, Moldiv, Lankadiv, Shri-Lanka, Yaponiya, Tayvan, Filippin, Katta va Kichik Zond, Malakka) kiradi.