«Nasoslar va havo uzatish stansiyalari» fani «Muhandislik kommunikasiyalari
qurilishi» yo`nalishi bo`yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar tayyorlashda asosiy
fanlardan biri bo`lib, u bo`lajak bakalavrlar ular tanlagan sohada mustaqil ishlashi
uchun zarur bo`lgan bilimni beradi. Bu fanni o`rganish talabadan bir qator umum
texnik fanlar bo`yicha yaxshi bilimlarga ega bo`lishini talab etadi, ayniqsa gidravlika,
nazariy mexanika, mashinalar detallari, elektrotexnika kabi fanlardan.
Mazkur o`quv qo`llanma ikki asosiy qismdan, ya’ni I-qism «Nasoslar» va IIqism «Nasos stansiyalari» dan tarkib topgan. Birinchi qismida turli xil nasoslarning
vazifalari, ishlash tamoyillari, ular ishlash jarayonining o`ziga xosliklari va qo`llanish
sohalariga bag`ishlangandir. Nasoslarning energetik ko`rsatkichlari, foydalanishning
stansionar va o`tish rejimlaridagi tavsiflotlari, tarmoqli nasoslarni birgalikda ishlashi
ko`rib chiqilagan. O`quv qo`llanmaning ikkinchi qismida turli hil zamonaviy nasos
stansiyalarini texnik va iqtisodiy omillarni nazarda tutgan holda hisoblash, loyihalash
usullarini o`rganishga bag`ishlangan.