O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning erkinlik sari uzoq yo’ldagi izlanishlari natijasidir. Avvalambor, Konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O’zbekiston qadimgi Xorazm va So’g’diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o’zbek xonliklari, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko’p asrli orzusini mujassam etgan.