Mazkur maqolalar to`plami materiallari muallifning institut talabalariga o’qigan ma’ruzalari, ilmiy seminar va anjumanlardagi chiqishlari, matbuot (”Zarafshon”, ”Ulug`bek vorislari”, ”Alolat”, “Xalq so`zi” kabi gazetalari) sahifalarida chop etilgan qator maqolalari asosida tayyorlandi va u SamDChTI Ilmiy va uslubiy kengashlarida ko’rib chiqilib, ma`naviyatshunoslik va O’zbekiston tarixi bo’yicha qo’shimcha materiallar sifatida nashrga tavsiya etildi. Bunda buyuk saltanat va ma’naviyat sohibi Amir Temur hayotiy faoliyati haqidagi materiallar talabalar o’quviga moslashtirilgan holda bayon qilingan.