Modellashtirish usullaridan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab obyektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olisda joylashgan obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish usullaridan kimyoviy texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi va shu kabi ko`plab jarayonlarini o`rganishda, obyektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham keng foydalanib kelinmoqda