O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga asoslangan barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida kichik biznes sohasini keng rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, mazkur soha o’zining iqtisodiyotga harakatchanlik bahsh etish, ko’plab ijtimoiy masalalarni hal etish, jumladan ishsizlik darajasini pasaytirish, iqtisodiy o’sish uchun asos yaratish kabi muhim vazifalari bilan ahamiyatlidir.