Inson tabiat bilan o`zaro aloqada bo`lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg`i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, iste’mol qilinadigan go`sht, sut, don har xil mevalar, daryo va ko`llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar bo`lmasa inson bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz.