G’ulomqodir ota ayvonning burchagidagi ustunga suyanib o’tirardi. Uch kundan beri u shunday, oqshom bo’ldimi, tamom, o’zi birinchi g’ishtini qo’ygan boloxonali uyning oldidagi ochiq ayvonga o’tirib olib xayol suradi. Ilgarilari bunday emas edi, qorong’i tushdimi, bo’ldi, eshikni orqasidan zanjirlab choyxonaga chiqib ketardi.