Uslubiy qo`llanma 5310200 – “Elektr energetikasi” ta’lim yo`nalishi bo’yicha tahsil olayotgan bakalavr talabalariga o`rgatishidan maqsad, talabalarni sanoat korxonalarida o’rnatilgan elektr iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashning hozirgi kundagi ahvoli, ularning muammolari va kelgusidagi taraqqiyoti bilan tanishtirishdan iboratdir.
Uslubiy qo`llanmaning asosiy vazifasi, talabalarga elektr energiyasidan oqilona foydalanish, hisobiy yuklamalarni hisoblashning amaliy na’munalari, reaktiv quvvat kompensatsiyasi, bosh pasaytiruvchi podstansiya o`rnini aniqlash va elektr yuklamalar kartogrammalarini qurish, hamda sex podstansiyada transformatorlarni tanlash va joylashtirish, transformatorlarda sodir bo’ladigan quvvat isroflarini hisoblash, sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemalarini to`g`ri tanlash, havo va kabel elektr uzatish liniyalari simining kesim yuzasini aniqlash, elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv tok miqdorini hisoblash, kabel liniyalarini elektrtermik va elektrodinamik bardoshligi va kuchlanish isrofi bo`yicha tekshirish, elektr apparatlar tanlash va loyihalash jarayonidagi hisoblashlarni namunaviy misollar yordamida chuqurroq tanishtirishdan iboratdir.