Ushbu o`quv qo`llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” fani bo`yicha tasdiqlangan namunaviy va o`quv ishchi dasturlari asosida tayyorlangan bo`lib, unda banklarda buxgalteriya hisobini tash-kil etish asoslari‚ hisobvaraqlar rejasi‚ uning tuzilishi‚ analitik va sinte-tik hisoblarning yuritilishi bayon etilgan.
Shuningdek, banklarning hujjatlari, hujjatlar aylanishi va mijozlar-ga bank tomonidan hisobvaraq ochish tartibi ko`rsatib berilgan, bir qator bank operatsiyalari‚ jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar‚ kassa va kre-dit operatsiyalari‚ banklararo hisob-kitoblarning hisobi va rasmiylashtiri-lishi hamda bank ichki operatsiyalariga alohida o`rin ajratilgan.
O`quv qo`llanma banklarning buxgalteriya hisobini o`rganuvchi iqtisodiy oliy o`quv yurtlari bakalavr ta’lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan oliy o`quv yurtlarining magistratura yo`na-lishi talabalari, kollejlarning va biznes maktablarining talabalari, shu-ningdek, bank xodimlari ham foydalanishlari mumkin.