Mustaqil davlatimizni xalqini kelajak ravnaqi uchun yuqori talablarga javob beruvchi sifatli xalq iste`mol mollarini, shu jumladan charm mahsulotlarini ko`paytirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Aholining charm buyumlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun charm mahsulotlar sanoatida ishlab chiqarish hajmini va uni sifatini yanada oshirish talab etiladi. Bunga korxonalarni samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini o`stirish, hozirgi zamon talablariga javob beradigan, raqobatbardosh, mahsulot ishlab chiqarishga erishish ko`zda tutiladi.
CHarm buyumlar deb, oxirgi asrgacha faqat charmdan tayyorlanuvchi keng iste`mol mollariga aytilib, bu poyabzal va charm-attorlik mahsulotlaridir. Hozirgi vaqtda charmdan tashqari juda ko`p sintetik va sun`iy materiallar ishlatilishiga qaramay, poyabzal, jomadon, qo`lqop va boshqa attorlik mahsulotlari qisqa qilib charm buyumlari deb ataladi.