Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab aholi salomatligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga kо`tarib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan "Oila yili", "Ayollar yili", "Sog`lom avlod yili", "Ona va bola yili", "Sihat-salomatlik yili", "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili", "Mustahkam oila yili" munosabati bilan qabul qilingan davlat Dasturlari о`zaro uzviylik kasb etdi.