Yeryong`oq aprel-may oylarida ekilib, bunda ekish chuqurligi 5-7 sm tashkil qiladi. Ekish uchun urug` yoki bir urug`li dukkaklar ishlatiladi. Yeryong`oq chigit yoki makkajo`xori ekadigan seyalkalarda ekiladi. 70×20-1 sm sxemasida ekilganda bir gektarga 95-100 kg urug` sarflanadi. 1000 ta urug`ning vazni 200-400 g bo`ladi. Agarda 70×15-1 sm sxemasida ekilsa, 105-110 kg urug` sarflanadi. Maysalar ko`ringandan keyin qator orasiga ishlov beriladi, 3-4 marta kultivatsiya qilinadi, yagana qilinmaydi. Sizot suvlar chuqur joylashgan erlarda 5-6 marta sug`oriladi