Mavzuning dolzarbligi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi, olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat.