Shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyo arxitekturasi va landshafti olamida inson ongi yetmas darajadagi o’zgarishlar hayratlanarli albatta. Aqlli uylar, aqlli ko’cha va bog’lar, interyerdagi bog’ va qavatlararo qishki bog’lar nafaqat hayratlanarli, balki insonlarning dam olishi, ko’zi quvnab doimo yoshlik nafasini his etib turishi hamda insoniyatning sog’ligi uchun asosiy vazifa bo’lib xizmat qiladi.
Ko’cha va xiyobonlar, sayilgohu mahobatli inshootlar, qolaversa uylar atrofidagi landshaft dizaynining o’ziga xos go’zal manzaralari kattayu kichikka birdek xush kayfiyat, estetik zavq bag’ishlaydi. Albatta, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda odamlar ongu shuurida ham mutassil o’sish o’zgarishlar yuz beradi. Inson borki, yanada yaxshi yashashga, zavqli hayot kechirishga intiladi. E’tibor beradigan bo’lsak, ko’pchilik hovlisida turfa xil gullar ekadi, tartib bilan ko’chat o’tqazadi, bejirim yo’laklar hosil qiladi. Beixtiyor bularni ko’rgan kishining bahri dili ochiladi