Hozirgi kunda ta’lim tizimida „Kadrlar tayyorlash milliy dasturini maktab amaliyotiga tatbiq etishning yakuniy bosqichi davom etmoqda. Milliy dasturni ro’yobga chiqarishning yuqori sifat ko’rsatkichini ta’minlash, ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlari asosida takomillashtirishga kirishildi. Barcha o’quv fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini o’quv jarayonida qo’llab va o’quv yili yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar shu standartlarga mosligini aniqlash bo’yicha maktab, tuman, shahar, respublika darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda.