Insoniyat tarixining ko`p asrlik tajribasi ezgu g`oyalardan va sog`lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko`rsatdi. Shu bois mustaqillik tufayli mamlakatimiz o`z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovvon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo`ydi. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g`oyaviy bo`shliq bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, va nihoyat, yurtning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi.