Mavzuning dolzarbligi. Yozuv til bilan o`zaro chambarchas bog`liq. Biror tilni shu tilning yozuvini o`rganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuv tegishli bo`lgan tilni bilmasdan o`rganish mumkin emas. Ammo yozuv og`zaki til (nutq) ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega bo`lganda, imlo qoidalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan bo`lardi.