Mustaqil O’zbekistonda millatlararo totuvlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari va millatlararo totuvlikni ma’naviy jihatlari. bizga ma’lumki, mustaqilligimiz tufayli juda ko’p sohalarda yutuqlarni qo’lga kiritdik. Bugun biz yangi hayot, huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan ekanmiz, zamonning o’zi jamiyatimizda hanuz saqlanib kelayotgan, umrini o’tab bo’lgan ba’zi qarashlarni tubdan o’zgartirishga, davr bilan hamnafas bo’lib, yangicha fikrlashga davat etayotganini hisobga olish lozim. Mustaqillikning ahamiyati shundan iboratki, u millat oldida yangi imkoniyatlar ochadi, uning rivojlanishini tezlashtiradi. Ana shu sababli har bar xalq, har bir millat mustaqillikni orzu qiladi. O’zbek xalqi ana shu orzusiga erishdi.