O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimi-dagi ilmiy va oliy ta’lim muassasalarida 2010 yilda 7 ta davlat ilmiy-texnik dasturlari asosida tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqotlar qishloq xo’jaligining donchilik va boshqa sohalarini yanada rivojlantirishga, dehqonchilik madaniyatini ko’tarish, yer, suv, mahalliy va mineral o’g’itlar hamda boshqa moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, agrar sohada islohotlarni chuqurlashtirish, fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash kabi muhim masalalarni yechishga qaratildi.