Tadqiqot ishining dolzarbligi. Ta`lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, jamiyatning muhim muammolarini hal etishda u asosiy o`rinni egallaydi. Ta`lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismi sifatida qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar muammolarni hal etishda mislsiz ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun yurtimiz mustaqillikka erishgach turli sohalarda bo`lgani kabi ta`lim tizimida ham tub islohotlar o`tkazish asosiy maqsad qilib qo`yildi. Zero, barkamol, bilimli, so`lom avlod kelagakning poydevori bo`lib hisoblanadi. Jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. "Ta`lim to`g`risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Darslarda har bir mavzuni yangi pedagogik texnologiyalar asosida axborot kommunikatsiyalaridan foydalangan holda o`itish va o`qitish usullarini ishlab chiqib ta`lim samaradorligiga erishish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.