Bugun kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Ya`ni, faol ish yurituvchini internet global tarmog`isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o`quv dargohlarida, davlat muassasalarida behad katta ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalari jamiyatda keng tarqalgan sari ularning ta`miriga ya`ni
unga xizmat ko`rsatish sohasiga ham ehtiyoj ko`payadi. Shuning uchun hozirgi kunda bu sohada bir qator muammolar bor. Ya`ni kompyuterlarga xizmat ko`rsatish markazlar yetarli emasligi, kompyuterlarga xizmat ko`rsatuvchi veb saytlarning kamligi, shuningdek axolining bu sohaning veb sayt orqali ma lum darajada amalga oshirish mumkinligini bilish saviyasini pastligi kabi muammolarni ko`rishimiz mumkin.