Respublikasimizda “Ta’lim to`g`risidagi qonuni” [1] va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” [2] ning hayotga tatbiq etilishi o`z navbatida uzluksiz ta’lim tizimi oldiga muhim ijtimoiy talabni qo`ydi, ya’ni jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, moddiy, madaniy, ma’naviy, iqtisodiy va fan – texnikaning rivojlanish darajasiga qarab ta’lim mazmunini o`zgartirish zaruriyati tug`ildi, chunki jamiyatimizda mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, yuksak intellektual salohiyatga ega yangi avlodni shakllantirish asosiy maqsadimizga aylandi.