Haydarov Saidjon Ummatali o`g`lining bitiruv malakaviy ishi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidandir. O`zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to`laqonli tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liq. Har bir fan o`qituvchisi o`z shogirdlarining komil inson bo`lib etishishi uchun qayg`urishi, uni e’tiqodli va ma’rifatli qilib tarbiyalashi lozim. Ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatimizda kechayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari bilan uyg`un holda rivojlanmoqda. YUrtboshimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi. Ulug` mutafakkirlarimiz asarlarida bolalarga go`daklik chog`idanoq kattalarga hurmat va keksalarni e’zozlash, ota-onaga alohida ehtirom ko`rsatish, o`zidan kichiklar izzatini o`rniga qo`yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko`rishga chaqiriladi. Prezident Islom Karimov o`z asarlarida ta’lim sohasidagi islohotlarning asl mohiyatini aniq tushuntirib, «...bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, yangi mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz, faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib, obro`li o`rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkinligini ta’kidlab o`tib, bu vazifalarning hal etish yo`llarini ko`rsatib berdi.