Milliy mustaqillik respublikamizda mehnat ahlining ishdan bo’sh vaqtini
mazmunli va maroqli, xalq farovonligini oshirish, inson salomatligini
mustahkamlash borasidagi ishlarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar
yaratdi.
Har qanday davlat, har qanday jamiyat ham o’z boyliklari bilan qudratli
hisoblanadi. Har bir xalq mamlakatning tabiiy zamini, yer osti va usti zahiralari,
tog’lari va o’rmonlari, daryo-yu-dengizlari, ulkan shaharlari, go’zal inshoatlari
bilan o’z kuch- qudratini namoyon etishga harakat qiladi.