Mеhnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o`rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan yechilmaydi. Tajribalardan ma`lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga kеladi. Shuningdеk, tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo`yicha havfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko`rilishi, yetarli bo`lmagan tarbiya, mutaxassislarning havfsizlik choralariga e`tiborsizligi, xavfli ishlarga yuqori malakaga ega bo`lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va psixologik holatda bo`lishi ham sabab bo`ladi.