Ushbu bitiruv malakaviy ishida koeffitsietlari butun sonlardan iborat bo`lgan algebraik tenglamalarning natural va butun ildizlarini topish usullari o`rganildi va tahlil qilindi. Bunda sonlar nazariyasining bir qator tushunchalari va usullaridan foydalanildi. Xususan, butun sonlarning bo`linish xossalari, tub va murakkab sonlar, butun sonning kanonik yoyilmasi, standart yozuvi, qoldiqli bo`lish, yevklib algoritmi, taqqoslamalar nazariyasi elementlaridan keng foydalanildi