Ishlab chiqarishni rivojlanishi, nafaqat oziq-ovqat turlarini ko`paytirish bo`lmasdan, sanoat texnik taraqqiyotini, zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, qo`l mehnatini kamaytirish, jarayonlarni barcha tomondan optimal boshqarish, iqtisodiy samaradorlikni o`stirish kabi ko`pqirralik rivojlanishini nazarda tutadi. Bu esa o`z navbatida ishlab chiqarishni yangi, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlashni yuqori darajada avtomatlashtirilgan, yangi boshqaruv tizimlaridan foydalaniladigan uslublarni qo`llashni talab qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezdentining “Qishloq xo`jaligidagi isloxatlarni chuqurlashtirishning asosiy yo`nalishlari`` qarorida “xo`jalik yuritish tashkiliy, huquqiy shakllarini shirkat, fermer va dehqon xo`jaliklarida saqlab, fermer xo`jaliklarini rivojlantirish prioretet asosiy subyekt bo`lishi kerak`` deb ko`rsatilgan. Shuning uchun fermer xo`jaliklarida kichik mini texnalogiyalarni qo`llashga hozirgi kunda katta ahamiyatga ega. Bunday keng ko`lamli vazifalarni amalga oshirishda avvalambor soxani tubdan isloh qilishga modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashga alohida e`tibor berilmoqda.