Pechlar maishiy va sanoat pechlariga bo`linadi. Sanoat pechlarining asosiy vazifasi – materiallar va buyumlarga termik ishlov (materiallarni qizdirish va eritish, kulolchilik buyumlarini pishirish, non yopish, quritish va sh.k.) berishdir. Ular yuqori temperaturali jarayonlar kechadigan qurilmalar qatoriga kiradi. Masalan, metallarni marten pechlarida eritish uchun 1800-2000 S temperatura zarur bo`ladi.
Temirchilik pechlarida po`latlar 1300 – 1500 S temperaturada qizdiriladi, o`tga chidamli materiallar esa, 1500 – 1800S temperaturalarda pishiriladi. Pechlar ishlab chiqarishning ko`p sohalarida (metallurgiya, mashinasozlik, oziq – ovqat va kimyo sanoati, qurilish materiallari va boshqalar) keng ko`lamda ishlatiladi.