Matematik nuqtai nazardan o`zaro ta’sirlanuvchi zarralar nazariyasi mavjud Markov jarayonlari nazariyasining tabiiy rivoji shaklida qabul qilinadi. Kurs ishi doirasida mazkur jarayonni yana bir marta tahlil qilish yana bir marta shu sohaga murojaat qilish undagi muammolarni tahlil qilish, olingan natijalarni umumlashtirish, nazariya kelajagini bashorat qilish yo`lidagi qadamlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, Gibbs o`chovlari bilan fazaviy holatlar orasida o`zaro bir qiymatli moslik bor, ya’ni har bir fizik fazaga bitta Gibbs o`lchovi mos keladi. Masalan, suv uchun bilamizki uchta fazaviy holat, ya’ni gaz, suyuq va qattiq holatlar mavjud. Bu uchta fazaviy holat uchta Gibbs o`lchovini aniqlaydi. Gibbs o`lchovlarini mavjudligini ko`rsatishda asosiy holatlar to`plami muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham mavzu dolzarb hisoblanadi.