Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. U 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg`ona usuli hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Barcha temuriy shohzodalar singari otasi saroyida tahsil oladi. 12 yoshida shiddatli saroy kurashlari girdobida qolib, biron-bir madrasani ham tugatishga imkon va fursati bo`lmasa-da, adabiyot, nafis san`atining chinakam shaydosi bo`lib yetishadi. Andijon taxti uchun ukasi Jaxongir Mirzo, amakasi Sulton Ahmad Mirzo, tog`asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashadi.