Ushbu ma`ruzalar matni namunaviy va ish dasturlari asosida tuzilgan. Ma`ruzalar matnida menejmentning umumiy tavsifi, sanoat tarmoqlarining milliy iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati, tarmoq ishlab chiqarishning holati va rivojlanish xususiyatlari, tarmoq resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan oqilona foydalanish, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida qo`llaniladigan boshqaruv tamoyili – usullari, vositalari, shakllari, hamda respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning iqtisodiyot va menejment istiqboliga ta`siri masalalari to`g’risidagi mavzular yoritilgan bo`lib, oliy ta`lim tizimida noiqtisodiy yo`nalishlarda ta`lim olayotgan bakalavrlar uchun mo`ljallangan.