Har qanday muxandislik inshooti mustahkam va turg`un holatini hamma vaqt o`zgartirmay saqlashi, shuningdek shakl o`zgarishi jihatidan unga qo`yiladigan
talablarga ham javob berishi maqsadga muvofiqdir. Aks holda ular zaminida yuz beradigan o`zgarishlar natijasida buzilish, egilish, buralish, cho`kish va shunga
o`xshash holatlar turmushda ko`plab uchrab turadi.Inshoot zaminining to`g`ri tanlanishi, chidamlik, pishiq bo`lishi va tannarxini arzonlashtirish masalalari, avvalo, qurilish maydonining yershunoslik va suvshunoslikka oid xususiyatlarini har tomonlama o`rganish bilan bog`liqdir. Shuning uchun ham inshootni loyihalashdan avval qurilish maydonida yershunoslik va suvsunoslik bilan bog`liq izlanishlar olib borilishi talab etiladi. Bu izlanishlar bo`lajak qurilishlar o`rnini to`g`ri belgilash, zamin va qurilmalar tanlash haqida fikr yuritish uchun ham zarurdir.