Ma`ruzalar matni to’plami tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, mexanika va molekulyar fizika bo’limidagi asosiy tushunchalarni o’z ichiga olgan. Bo’limni o’zlashtirish uchun asosiy adabiyotlar ro’yxati, mexanika va molekulyar fizika bo’limini tarkibini tashkil etgan asosiy mavzular, shu bo’limga tegishli savollar tizimi va tayanch iboralar berilgan. Ma`ruzalar matni texnika va kasb ta`limi yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, Qarsh. MII ilmiy uslubiy kengashida muhokama qilinib o’qiv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.