Toksikologiya (yunoncha “toxikon” – zahar, “logos” – ta’limot, o‛rganish) – tirik organizmlarning zararli moddalarning ta`sir etishini o’rganadigan fandir. U ekologik, biologiya, kimyo, meditsina va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqdir. Toksikologiyaning ekologiya, sanoat, tadqiqot-nazariy, profilaktik va klinik yo’nalishlari mavjud. Ekologik toksikologiya - bu bo’limda moddalarning tirik ob`ektlarga, populiatsiyaga, ekotizmlarga ta`sir etishini o’rganadi. Bunda asosiy e`tibor alohida organizmlarga emas, balki biogeotsenoz va ekotizmlarga hamda atrof-muhitda moddalarning aylanishiga qaratiladi.