Ushbu ma’ruzalar matni filialning 1-bosqich talabalariga mo’ljallab yozildi. Ushbu kitobda 9 ta ma’ruza keltirilgan bo’lib, har bir ma’ruza oxirida tayanch iboralar, takrorlash uchun savollar va tegishli adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Ma’ruza matnlari «O`zbekiston tarixi» bo’yicha davlat standartida berilgan mavzularning asosiy qismini o’z ichiga oladi, mavzularning qolgan qismi mustaqil ishlarga ajratilgan bo’lib, ularni talabalar o’qituvchi nazorati ostida mustaqil ravishda o’rganadilar. «Informatika va axborot texnologiyalari», «Telekommunikatsiya», «Korxonalar servisi», «Kasb ta’limi» yo’nalishlarining «O`zbekiston tarixi»dan davlat standartlariga mosligi uchun bu yo’nalishlarda makzur ma’ruzalar matnidan foydalanish mumkin.