O`zbekiston xalqaro turizmning rivojlanishni yaxshi raqobat bardoshlik ustunliklariga ega. Turizm rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun katta ta’sirga ega. U shu sohada band bo`lgan ishchilarni va shu orqali butun aholining madaniy va texnikaviy darajasini oshirishiga ko`maklashadi. Turizmni rivojlanishi mehmonxonalar, restoranlar, magazinlar, yo`llar, madaniy-oqartuv muassasalarni qurish va qayta jihozlash ishlarini tezlashtiradi, tarixiy va arxitektura yodgorliklarini tiklash, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga turtki beradi.