«Dinshunoslik» dinning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga kelishi va shakllanishini o`rgatuvchi fan, ta’limot va o`quv predmetidir. U dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo`lishidan urug`-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo`lgan davrda yuz bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bog`liq bo`lgan barcha ijtimoiy, hodisalarni o`rganish, taxlil qilishni ko`zda tutadi.