O`quv qo`llanmasida keltirilgan masalalar avtomobil nazariyasining tortish va tormozlanish dinamikasi bo`limlarini o`z ichiga olgan.
Qo`llanma avtomobil-yo`llar institutining
5521100 – «Yer usti transport tizimlari», 5521200 – «Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash» 5521300 – “Elektrotexnik, elektyromexanika”, hamda 5140900 – «Kasbiy ta’lim» bakalavriat ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.
O`quv qo`llanmasidan barcha Oliy o`quv yurtlarining shu yo`nalishlarda ta’lim oluvchi talabalari, kollej o`quvchilari ham foydalanishi mumkinMa’lumki, har bir fanni o`zlashtirishda, ya’ni uning nazariy qismini mutolaa qilish davrida, amaliy masalalarni ham yechib borish uni puxta o`rganishning asosini tashkil etadi. Shu boisdan ham o`quvchilarning mustaqil o`qish va fikr yuritish jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish oliy maktabning bugungi talabiga mos keladi.
O`quv qo`llanmani yozishdan asosiy maqsad o`quvchilarning o`zlashtirgan nazariy bilimlarini mustaqil masala yechib borish jarayonida mustahkamlashdan iboratdir.
Ushbu masalalar to`plamini tuzishda quyidagilarga amal qilindi:
— masalalar «Avtomobillar nazariyasi» fani dasturida o`rganiladigan avtomobil
dinamikasi ekspluatatsion xususiyatini qamrab oladi;
— masalalar «oddiydan murakkabga» tarzida joylashgan bo`lib, bu
o`quvchilarning har biriga alohida yondoshib o`qitishga imkon beradi;
— masala shartlariga zamonaviy avtomobillarning texnik-iqtisodiy
ko`rsatkichlari kiritilgan;