Bolalarning sevimli shoiriPo’lat Mo’minning “Sayrang qushlar”, “Haykal”, “Bir yarim Karim”, “Endi adashmaydi”, “Chanoyvoy bilan Qovoqvoy”, “ Bahodirning botirligi”, “Oy fil yo’qoldi”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi” kabi she`riy to’plamlari va ertaklari, pyesalarini mutolaa qilgan yosh kitobxon o’ziga xos shavqu zavq olmay qolmaydi. Darhaqiqat, Po’lat Mo’min serqirra ijodkor. Uning asarlarini o’qiganda har bir kitobxonning dili ravshan tortadi. “Boshlang’ich sinflarda Po’lat Mo’min hayoti va ijodini o’rganish” nomli uslubiy qo’llanmada ushbu ta`kidlab o’tilgan fikrlar keng va atroflicha yoritib berilgan. Monografiya talabalar, magistrant va tadqiqotchilar, umumiy o’rta ta`lim maktabi o’qituvchilari hamda Po’lat Mo’min ijodiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.