Farmatsevtika ishini tashkil qilish va dorixona iqtisodiyoti fani Farmatsiya (turlari bo`yicha) ta’lim yo`nalishining mutaхassislik fanlaridan bo`lib, uning asosiy maqsadi farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil qilish, ya’ni, turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarning tuzilishi, undagi bo`limlar ishini va ish joylarini tashkil qilish, dorixona assortimentini shakllantirish, dori vositalari va preparatlar hisobini olib borish, dorixonaning iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish va rejalashtirish, barcha xo`jalik jarayonlarini hisobini olib borish va hisobotlar tuzish usul va uslublarini o`rgatishdan iborat.