Mazkur uslubiy ishlanmalar oliy ta`limning 5440100 “Fizika” ta`lim yo`nalishi “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining namunaviy o`quv dasturi (Mirzo Ulug`bek nomidagi Milliy Universitetida ishlab chiqilgan) asosida tuzilgan. Uslubiy ishlanmalarda jami bo`lib 17 ta laboratoriya ishining mazmuni va ularga mos variant topshiriqlari keltirilgan bo`lib, ShK ning qurilmalari bilan ishlash, ShKlarning arifmetik asoslari, sanoq sistemalarida (ikkilik, sakkizlik, o`n oltilik) amallar bajarish, bir sanoq sistemadan boshqasiga o`tish, axborotni kodlash, MS DOS OTning ichki va tashqi buyruqlari bilan ishlash, qobiq dastur NC, Windows OT da fayl va kataloglar (papkalar) bilan ishlash, hamda algoritmik dasturlash tili Paskalda dasturlashni o`rganish bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirishga mo`ljallangan.
Bu uslubiy ishlanmalardan oliy ta`lim muassasalarining barcha yo`nalishlari, dasturlashni o`rganivchilar, mustaqil va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.