Fandan laboratoriya ishlari bajarish bo`yicha tuzilgan mazkur uslubiy ko`rsatma oliy o`quv yurtlarining bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari, kimyoviy reaktsiya tezligi va muvozanat, eritmalar va ularning xossalari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda metallarning xossalariga oid tajribalar berilgan. Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol va mashqlar keltirilgan.