"Ushbu o`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darslik va o`quv adabiyotlari bilan
ta’minlashni takomillashtirish to`g`risida”gi 2009-yil 5-yanvar 4-son
qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan 27-iyul 2006-yilda tasdiqlangan fizik-bakalavr
yo`nalishlari uchun atom fizikasidan dastur asosida tayyorlandi. O`quv
qo`llanma oliy o`quv yurtlarining fizik-bakalavr mutaxassisligi bo`yicha
ta’lim olayotgan talabalarga, umuman, fizik mutaxassislarga mo`ljallangan.
Ushbu o`quv qo`llanmada atom fizikasi fanining taraqqiyot bosqichlari,
yutuqlari, issiqlik nurlanishi, elektromagnit nurlanishning korpuskulyar
xususiyatlari, zarralar va to`lqinlar, vodorod atomining Bor nazariyasi, kvant
mexanikasining asoslari, bir elektronli va ko`p elektronli atomlar, rentgen
spektrlari, atom tashqi kuchlar maydonida, molekulalar xususiyatlariga oid
ma’lumotlar bayon qilingan.
O`quv qo`llanmadan oliy o`quv yurtlari fizik-bakalavrlari,
magistrantlar, tadqiqotchilar, o`qituvchilar hamda akademik liseylar, kasb-
hunar kollejlari talabalari, umuman, atom fizikasi faniga qiziquvchilar
foydalanishlari mumkin. "