Ushbu darslikda agrosanoat integratsiyasining chuqurlashuvi, rivojlanishi natijasida ob’yektiv ravishda shakllanadigan agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibi, iqtisodiyotda tutgan o’rni, majmuaga kiruvchi sohalarning hozirgi holati, rivojlanish yo’nalishlari, ularning iqtisodiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari yoritilgan. Darslikda agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini hisoblanadigan qishloq xo’jaligi tarmog’ining yer-suv, mehnat, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish masalalari, tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllariga oid mavzular batafsil yoritilgan.